Mavjud muammolarning ijobiy yechimi topilmoqda

0
430

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasini ta’minlash, muammolarini o‘rganib, ijobiy hal qilish borasida rahbar xodimlarning sayyor qabullari yo‘lga qo‘yilgani samarali natija bermoqda.

Aksariyat murojaatlar joyida hal qilinib, harbiy xizmatchilarni qiynayotgan muammoli masalalar o‘z yechimini topmoqda.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining yashash tarzi va xizmat olib borish shart-sharoitlari bilan tanishish, Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va  uni yuqori saviyada o‘tkazish, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish bilan birga mavjud muammolarning ijobiy yechimini topish maqsadida qo‘shinlari qo‘mondoni rahbarligidagi ishchi guruh qo‘mondonlikning Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri, Nishon va G‘uzor tumanlarida joylashgan harbiy qismlarida sayyor qabullar o‘tkazdi.

Sayyor qabulda harbiy-ma’muriy sektor rahbarlari, qo‘mondonlik mas’ul ofitserlari, Qarshi harbiy prokurori, bandlik bo‘limlari, hamkorlikdagi davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul jarayonida mazkur tadbirlarga jalb etilgan 640 nafar harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari tomonidan 210 ta murojaatlar bo‘ldi (murojaatlar 20% bandlik masalalari, 50% xizmat faoliyatiga oid va  30% boshqa masalalar yuzasidan).

Murojaatlarning 140 tasi bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi, 41 tasiga tavsiya va maslahatlar berildi hamda 29 tasini ijobiy hal qilish choralari ko‘rilmoqda.

Qabul jarayonlari bayonnomalar bilan rasmiylashtirilib, birorta ham murojaat e’tibordan chetda qolmadi.

Kun davomida mutasaddi rahbarlar Qarshi shahrida joylashgan 1-sonli Muruvvat internat uyida ham bo‘lishdi. U yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishib, tarbiyalanuvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida shakllantirishga qaratilgan uchrashuvlar davomida va’da qilingan 20 komplekt harbiy liboslar tantanali ravishda topshirildi.

 

Tashrif jarayonida ertamiz egalariga zaruriy o‘quv qurollari, yuvinish anjomlari, badiiy va ilmiy ommabop kitoblar ham tarqatildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti