Samarqanddagi uchrashuv uch avlod vakillarini birlashtirdi

0
513

Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi. Jumladan, Samarqand shahrida joylashgan viloyat mudofaa ishlar boshqarmasiga biriktirilgan 12-umumta’lim maktabida faxriylar, harbiy xizmatchilar va o‘quvchi yoshlar jam bo‘ldi.

Unda faxriylar, bugun milliy armiyamiz saflarida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar hamda ofitser bo‘lish maqsadida oliy harbiy ta’lim muassasalarida saboq olayotgan kursantlar o‘quvchilar bilan Qurolli Kuchlarimiz tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi, milliy armiyamizning tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashdagi roli va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi muhim ahamiyati haqida suhbatlashdi.

 

Uchrashuv davomida Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilarining qo‘l jangi sahnasi hamda harbiy orkestrning Vatan, sevgi-muhabbat, bag‘rikenglik, do‘stlik kabi insoniy tuyg‘ularni tarannum etgan kuy-qo‘shiqlari namoyish etildi. Bu esa yoshlarning harbiylikka havasini oshirib, kelgusida armiya saflarida xizmat qilish kabi istaklarini yanada kuchaytirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati