Janubda aloqa bo‘yicha majmuaviy mashqlar o‘tkazilmoqda

0
471

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida joriy oy davomida rejaga asosan tayyorlanmagan hududlarda aloqani ta’minlash bo‘yicha majmuaviy mashqlar o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarrufidagi aloqa bo‘linmalari ham majmuaviy mashqlarga jalb qilindi.

– Aloqa bo‘yicha majmuaviy mashqlarda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug aloqa bo‘linmalari shaxsiy tarkiblari to‘liq ishtirok etyapti. Bundan ko‘zlangan maqsad, harbiy qism va bo‘linmalar shaxsiy tarkibining kasbiy mahoratini oshirish, nazorat guruhlari ishini tashkillashtirish, safar yurishi mobaynida boshqaruvni tashkillashtirish, “O‘zbektelekom” AK tuzilmalari va hududiy vakillari bilan hamkorlikni amalga oshirish, jangovar shaylikni ta’minlash kabi bosqichlardan iboratdir, – deydi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug aloqa va axborot texnologiyalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Yahyo Abdurahmonov.

 

Ushbu aloqa bo‘yicha majmuaviy mashqlarda harbiy xizmatchilarning aloqa vositalarida amaliy ishlash bo‘yicha ko‘nikmalari yanada oshirilmoqda, hamkorlikdagi kuch tuzilmalari bilan aloqa o‘rnatish usullari o‘rganib chiqilib, tajribalar almashilyapti.

Mashg‘ulotlar 25 sentyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni