Ruhiy ustunlik g‘alabaga, stressli holatlardan chiqib olish esa optimistik hayot tarziga yetaklaydi

0
441

Harbiy xizmatchining jismoniy holati qanchalar yetuk bo‘lmasin, uning ruhiy irodasi mustahkam bo‘lmasa mukammallik kasb eta olmaydi. Ayniqsa jangovar vaziyatlarda, dushmanga nisbatan bilak ham, yurak ham ruhiy ustunlikni his yetib tursa, shunda har qanday jangovar vazifa to‘la-to‘kis muvaffaqiyatli ado etiladi.

Chunki har qanday soha xodimining ish unumdorligi uning ruhiy holati bilan bog‘liqdir. Ruhiy holatni mustahkamlashda esa psixologlarga ehtiyoj seziladi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy psixologlar ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida joylashgan dala-o’quv maydonlaridagi harbiy xizmatchilar bilan dala sharoitida psixologik xizmatni tashkil etish maqsadida ish olib borishdi. Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stona munosabatlarni shakllantirish, ularning diqqat ko‘lamini aniqlash va rivojlantirishni maqsad qilgan mutaxassislar yurt himoyachilari bilan psixologik treninglar o‘tkazishdi. Mohiyatan psixoemotsional barqarorlikni taminlash va jamoaga daxldorlik hislarini shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlardan hech bir harbiy xizmatchi chetda qolmadi.

 

O‘tkazilgan psixokonsultatsiyalar davomida tezkor tafakkurga chorlaydigan hamda vaziyatga to‘g‘ri baho berishni ta’minlovchi psixotrening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilarda stressli holatlardan oson chiqib olish hamda optimistik hayot tarzini yaratish kabi maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati