“Tinchlik missiyasi – 2021”: O‘zbekiston vakillari o‘quvda munosib ishtirok etdi

0
402

Avval xabar berganimizdek, harbiy xizmatchilarimiz Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Tinchlik missiyasi – 2021” birgalikdagi qo‘mondonlik shtabi o‘quvlarida ishtirok etdi.

O‘quv Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi “Donguz” dala o‘quv maydonida o‘tkazildi.

  

Qo‘mondonlik shtabi o‘quvlarini O‘zbekiston tomondan mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuxrat Xolmuhamedov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining mas‘ul ofitserlari bevosita kuzatib borishdi.

  

O‘quvlarda O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari o‘z mahoratlarini har taraflama namoyish qilishdi va tashkilotchilar hamda hamkorlar e’tirofini qozondi.

Bunday xalqaro o‘quvlar harbiy xizmatchilarimizni har taraflama toblab, tajribasi ortishida muhim o‘rin tutadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti